Resurslarga qaytish

3-Ilova

modme.uz dasturiy ta'minotidan SaaS modeli asosida foydalanish huquqini berish bo'yicha pullik xizmatlar shartnomasini tuzish uchun Ommaviy ofertaga

SIYOSAT

shaxsiy maʼlumotlarga ishlov berish bo‘yicha

MODME MChJ

(tahrir sanasi 14-may, 2026)

Kirish qismi

Ushbu Shaxsiy maʼlumotlarga ishlov berish siyosati O‘zbekiston Respublikasining shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish sohasidagi qonunchiligi, jumladan “Shaxsiy maʼlumotlar to‘g‘risida”gi qonun, “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonun va boshqa normativ hujjatlarga muvofiq ishlab chiqilgan.

Siyosat MODME MChJ tomonidan faoliyati davomida amalga oshiriladigan shaxsiy maʼlumotlarga ishlov berish tartibi va tamoyillarini belgilaydi.

Siyosat MODME elektron platformalari foydalanuvchilari, mijozlari va hamkorlari bilan xizmat ko‘rsatish, shartnoma tuzish va bajarish jarayonida olinadigan hamda qayta ishlanadigan shaxsiy maʼlumotlarga tatbiq etiladi.

MODME taʼlim tashkilotlariga xizmat ko‘rsatadi, o‘z foydalanuvchilari va hamkorlari maʼlumotlarini Operator va Egasi sifatida, taʼlim tashkilotlari mijozlari maʼlumotlarini esa faqat saqlash va CRM tizimi ishlashini taʼminlash maqsadida Uchinchi shaxs sifatida qayta ishlaydi.

MODME foydalanuvchilar yoki taʼlim tashkilotlari vakillari kiritgan maʼlumotlarning ishonchliligi, to‘liqligi va dolzarbligi uchun javobgar emas hamda ularni saqlash, texnik xizmat ko‘rsatish va servis xavfsizligini taʼminlashdan boshqa maqsadlarda ishlatmaydi.

MODME elektron platformalaridan foydalanishdan oldin foydalanuvchiga ushbu Siyosat bilan tanishish tavsiya etiladi. Shaxsiy maʼlumotlarni MODMEga yuborish orqali foydalanuvchi ularni qayta ishlashga roziligini tasdiqlaydi.