2-Ilova
modme.uz dasturiy ta'minotidan SaaS modeli asosida foydalanish huquqini berish bo'yicha pullik xizmatlar shartnomasini tuzish uchun Ommaviy ofertaga
TEXNIK QOʻLLAB-QUVVATLASH SIYOSATI
MODME MChJ
(tahrir sanasi 14-may, 2026)
1. Ushbu Ilova MODME tomonidan modme.uz Servisi Buyurtmachilariga texnik qoʻllab-quvvatlash ko‘rsatish tartibi, shartlari va muddatlarini belgilaydi.
2. Ushbu Siyosat Ommaviy oferta va Shartnomaga ilova hisoblanadi hamda https://modme.uz saytida ochiq joylashtiriladi.
3. Texnik qoʻllab-quvvatlash Buyurtmachilarga toʻlangan tarif rejasi doirasida taqdim etiladi va ko‘rsatiladigan Xizmatlarning ajralmas qismi hisoblanadi.
4. Texnik qoʻllab-quvvatlash Servis bo‘yicha maslahat va ekspluatatsion yordam, funksional imkoniyatlar bo‘yicha yordam, incident va so‘rovlarni ro‘yxatga olish va qayta ishlash, fikr-mulohazalarni yig‘ish, yangilanish va rejalashtirilgan ishlar haqida xabar berish, API va integratsiya masalalari hamda yangi funksiyalar bo‘yicha so‘rovlarni ishlab chiqish bo‘limiga uzatishni o‘z ichiga oladi.
5. Texnik qoʻllab-quvvatlash Servis funksionalidan tashqarida Buyurtmachi xodimlarini o‘qitish, hujjatlarda nazarda tutilmagan individual biznes jarayonlarni sozlash va Buyurtmachi harakatlari sababli yuzaga kelgan xatolarni tuzatishni o‘z ichiga olmaydi.
6. Murojaatlar rasmiy aloqa kanallari orqali qabul qilinadi.
7. Texnik qoʻllab-quvvatlash ish vaqti: dushanbadan shanbagacha, Toshkent vaqti bilan 10:00 dan 19:00 gacha (UTC+5), O‘zbekiston Respublikasining rasmiy bayram kunlari bundan mustasno.
8. Buyurtmachilarning barcha murojaatlari MODME CRM tizimida ro‘yxatga olinadi.
9. Ijrochi murojaat olingan paytdan boshlab 1 ish kuni ichida dastlabki javob berishni o‘z zimmasiga oladi. Dastlabki javob murojaat qabul qilinganini tasdiqlash, qo‘shimcha maʼlumot so‘rash yoki diagnostikani boshlashni anglatadi.
10. Dastlabki javob doirasida texnik yordam mutaxassisi muammoni diagnostika qiladi va uni hal qilish choralarini ko‘radi, jumladan maslahatlar, yo‘riqnomalar, foto yoki video materiallar, hujjatlarga havolalar yoki onlayn maslahat beradi.
11. Agar yechim product manager yoki ishlab chiqish bo‘limini jalb qilishni talab qilsa, murojaat tegishli bo‘limga uzatiladi va Buyurtmachiga keyingi muddatlar haqida maʼlumot beriladi.
12. Incident hal qilingach yoki so‘rov bajarilgach, texnik yordam xodimi yechimni tasdiqlash va fikr-mulohaza olish uchun Buyurtmachi bilan qayta bog‘lanadi.
13. MODME qoʻllab-quvvatlash xizmati proaktiv ishlarni ham amalga oshiradi: platforma ishlashini tekshiradi, xizmat sifati bo‘yicha fikrlarni va Servisni yaxshilash takliflarini yig‘adi.
14. MODME texnik qoʻllab-quvvatlash xizmatiga murojaatlar quyidagi rasmiy kanallar orqali qabul qilinadi:
- Korporativ Telegram akkaunt: t.me/modme_support
- Telefon raqami: +998 787771100
- Elektron pochta: [email protected]